Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Viloyati hokimi Xitoyda andijonlik talabalar bilan uchrashdi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Chin yurtiga bir guruh tadbirkorlar bilan tashrif buyurgan viloyat rahbarining maqsadi ayni paytda sanoat, ishlab chiqarish borasida dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan davlat tajribasini o‘rganish, viloyatda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va Andijonga uskunalar keltirishdan iborat.

Shanxay shahri konsulligida Shuhratbek Abdurahmonov shu yerda ta'lim olayotgan andijonlik talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur shahardagi oliy ta'lim muassasalarida 20 nafardan ziyod andijonlik yoshlar bakalavriat va magistratura bosqichida o‘qishmoqda.

Qabul davomida viloyat hokimi yoshlarning bu yerdagi shart-sharoitlari, o‘quv jarayoni bilan tanishib, ularni chuqur bilim egallab, yangi-yangi loyiha va g‘oyalar bilan Vatanga qaytishlarini kutayotganini bildirdi. O‘z o‘rnida talabalar, viloyat hokimi bilan O‘zbekistonga borib amalga oshirmoqchi bo‘layotgan loyihalarini o‘rtoqlashishdi.

Viloyat hokimi yoshlarga yangi texnologiya, investitsion loyihalar olib kirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berishini bildirdi. Bundan tashqari, ularga o‘zga yurtda ta'lim olish jarayonida boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan jihatlar bilan ajralib turishga harakat qilishlarini, O‘zbekiston nomiga faqat rahmat olib berishlarini tiladi.

O‘z o‘rnida, talabalar xorijiy tillar, ilm, yangi texnologiyalarni chuqur o‘rganib, Vatan koriga yaraydigan mutaxassislar bo‘lib yetishishga va'da berishdi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026