Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Oqsulot, Sarka, Qorateri va Xayribuva qişloqlari aholisidan tuşgan murojaatni örganiş uçun Kun.uz sayyor guruhi uşbu tumanga bordi. Qişloqlar aholisi misli körilmagan, biroq uzoq yillardan buyon özlarini qiynab kelayotgan muammo yuzasidan murojaat qilmoqda. Uşbu qişloqlar tumanning Zarafşon daryosi sohillarida joylaşgan bölib, daryoning narigi qirğoği Past Darğom tumaniga tegişli. Bu qişloqlarda salkam 850ga yaqin xöjalik, 10 mingdan ortiq fuqaro istiqomat qilib keladi.

“Ayni paytda Oqsulotda 120, Sarkada 130, Qoraterida 500, Xayribuvada 78 xöjalik joylaşgan. Uşbu qişloqlarda istiqomat qiluvçi aholining umumiy soni 10 mingdan oşadi”, - deydi «Istiqlol» MFY raisi Muzaffar Usmonov.

Qişloq oqsoqollaridan biri Abdumajid akaga yuzlanamiz. “Qişloq aholisidan vafot etganlar sönggi manzilga kuzatiladigan qabriston Past Darğom tumani hududidagi tepaliklarda joylaşgan. Qişloqda biror kişi vafot etsa, uni jamoat kötarib, daryodan ötkazib, qöşni tuman hududidagi qabristonga eltişadi. Albatta, ölim payt poylamaydi. Bu körgulik qişning qahratonida ham, daryoda suv köpaygan bahorda ham röy berişi mumkin”, - deya masala mohiyatiga oydinlik kiritişga urinadi Abdumajid aka.

Bu ötkinçi dunyoga kelgan inson borki, abadiy qolmagan. Ölim bilan yuzma-yuz kelgan. Vafot etgan kişini hurmat-ehtirom bilan munosib joyga dafn qiliş barça avlodlar uçun qadriyatdir. Şu boisdan, qişloqlar ahli bu dunyoni tark qilgan yaqinlarining vasiyatlarini ado etiş maqsadida daryoning narigi qirğoğida turgan qabristonga mayyitni olib boriş uçun maşinada 60 km.ga yaqin yöl bosişi kerak böladi.

«Qabriston uçun qişloqning özidan nega yer ajratişni söramadingiz? Kelgunça, bir neça kiçik qabristonlarga közimiz tuşdi» deb savol beramiz. Ular uşbu hududda sizot suvlari yaqinligi, tuproği qumoq bölgani sababli lahad kavlab bölmasligi, mayyitni töğri öraga qöyiş kerakligi, qumoq tuproqli qabrni hayvonlar osongina kavlab taşlaşini ta'kidlaşdi. Hamsuhbatlarimizning aytişlariça, qişloqda bunday dahşatli voqealar bir neça bor röy bergan.