9/11 qutqaruvchilari sirli ravishda qon saratoni epidemiyasiga duch kelishmoqda
2001 yilning 11 sentabrida terrorchilar tomonidan yo‘q qilingan Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi joylashgan egizak-binolarda o‘t o‘chirgan va vayronlarda ish olib borgan qutqaruvchilar ko‘p holatlarda qon saratonidan aziyat chekishmoqda. JAMA Oncology jurnalida taqdim etilgan ma'lumotlar shundan dalolat bermoqda.
"Biz aksariyat qutqaruvchilar va ularning ko‘ngilli yordamchilari qon saratonining erta shakli - monoklonal gammopatiya tashuvchilari bo‘lib chiqqanini aniqladik, bu hatto yoshlarga ham xos bo‘lgan. Bu o‘t o‘chiruvchilarning kelgusida shaharning boshqa fuqarolariga nisbatan miyelomadan ko‘proq aziyat chekishlariga ishora qiladi", - dedi Nyu-Yorkdagi Albert Eynshteyn tibbiyot kollejida faoliyat yurituvchi Amit Verma.
Olimlar anchadan buyon o‘t o‘chirish xavfsiz mashg‘ulot emasligini gumon qilib, bunga faqat issiqlik va tutun o‘t o‘chiruvchini o‘ldirishi mumkinligi emas, bunday muhitda bo‘lish saraton rivojiga turtki berishi mumkinligi ham sabab ekanini ta'kidlashmoqda.
Verma va uning hamkasblari Jahon savdo markazi o‘rnida o‘t o‘chirish va vayronalarda ishlash qutqaruvchilarning sog‘lig‘iga qanday ta'sir ko‘rsatganiga qiziqib, ularning saratonga moyilligiga doir tadqiqotlar o‘tkazib kelishgan.
Gap shundaki, egizak-binolarning qulashi va yong‘in havoga ulkan miqdordagi kanserogenlarni chiqargan. Ularning aksariyat qismi "o‘tirib qolgan" yoki o‘sha hududdagi havoda qolgan - qutqaruvchilar va ko‘ngillilar esa 9 oy davomida bu yerni tartibga solishgan.
Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, xavfli moddalar bilan bunday uzoq aloqada bo‘lish qutqaruvchilarning salomatligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Bu g‘oyani tekshirish uchun ular 800 nafar 9/11 qutqaruvchisining qon va to‘qimalar namunalarini olib, tahlil qilishgan.
Gumonlar tasdiqlandi - vayronlarni tartibga keltirishda ishtirok etgan kishilar qolganlarga nisbatan ikki baravar ko‘proq miyeloma (qon saratoni)ning erta shakllaridan aziyat chekishgan.
Mavzuga oid
16:30 / 04.10.2024
O‘yinchoqlar va idishlardagi qora plastik saratonga olib kelishi mumkin - tadqiqot
11:43 / 01.10.2024
Olimlar og‘izdagi bakteriyalar bilan bosh va bo‘yin saratoni o‘rtasida bog‘liqlikni aniqladi
15:32 / 23.09.2024
Asalari zahri tarkibida saratonga qarshi modda topildi
12:24 / 06.09.2024