O‘zbekiston | 22:27 / 27.04.2018
3752
1 daqiqa o‘qiladi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston matematiklari va informatika assotsiatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, milliy istiqlol g‘oyasi targ‘iboti va ilmiy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli va salohiyatli yoshlarni izlab topish va ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish orqali jamiyatimizda sohaning yetuk professional kadrlarini tayyorlashga erishish hisoblanadi.

2018 yil 27 aprel kuni vazirlik tomonidan O‘zbekiston matematiklari va informatika assotsiatsiyasi raisi Chuyanov Hamrozjon Ohunjon o‘g‘liga tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi va tashkilotning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid