Jahon | 10:51 / 27.04.2018
4901
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Buyuk Britaniya qirolichasi bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Donald Tramp joriy yilning iyul oyida Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi vaqtida qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Telegraph gazetasi xabar berdi.

Trampning rasmiy tashrifi 13 iyul kuni amalga oshirilib, 24 soat davom etadi. Xabar berilishicha, Qo‘shma Shtatlar rahbari Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya TIV rahbari Boris Jonson kutilayotgan tashrif haqidagi xabarni «fantastik yangilik», deb atagan. Biroq mamlakatda Tramp va Meyning rasmiy uchrashuvi tufayli ommaviy norozilik namoyishlari ham bo‘lib o‘tishi mumkin. Nashrdagilar fikricha, bu holat rasmiy tashrifning ko‘p bora ortga surilishiga sabab bo‘lib kelyapti.

Foto: AP

«Tramp bosh vazir Tereza Mey bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Bu boradagi batafsil ma'lumot keyinroq beriladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan The Telegraph’ning Britaniya rasmiy shaxslariga yaqin bo‘lgan suhbatdoshi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid