Jahon | 08:05 / 27.04.2018
10111
2 daqiqa o‘qiladi

Jonson NATO bilan Rossiyaning «ahmoqona va beqarorlashtiruvchi» harakatini muhokama qiladi

Foto: EPA

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonsonning xabar berishicha, NATO vakillari bilan Rossiya xalqaro siyosatini muhokama qilish niyatida. Bu haqda RIA «Novosti» Britaniya TIV bayonotiga asosan xabar bermoqda.

«NATOning tezkor reaksiya bildirish imkoniyati Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga hujum va Suriyadagi kimyoviy hujumga alyans tezkor javobi hamda Buyuk Britaniya harakatlari bilan birdamlikni namoyish etish orqali ko‘rsatib berildi. Biz YeI va G7’dan ham xuddi shunday qo‘llab-quvvatlov oldik. Biz shunday sur'atni saqlab qolishimiz va Rossiyani uning ahmoqona hamda beqarorlashtiruvchi harakati tufayli javobgarlikka tortishimiz kerak», - deyiladi bayonotda.

Ta'kidlanishicha, bu uchrashuv NATO vakillari uchun Angliyaning Solsberisida yuz bergan hodisadan so‘ng birinchisi bo‘ladi. Shuningdek bayonot matniga ko‘ra, Rossiya tomonidan ehtimoliy kiberhujumlar va boshqa «gibridli tahdidlar» muhokama qilinadi.

Jonson va NATOga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bugun, 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan chiqarib yuborilgan britaniyalik diplomatlar Ukrainada joylashtirilishi mumkin ekani xabar qilingandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid