Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson o‘zining ukrainalik hamkasbi Pavel Klimkin bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda «Ukrinform».

«Biz strategik kommunikatsiyalar va boshqa masalalar bo‘yicha hamkorligimizni kengaytirish haqida gaplashdik», - deya aytib o‘tgan Klimkin.

Shuningdek uning ta'kidlashicha, uchrashuv davomida Rossiyadan chiqarib yuborilgan britaniyalik diplomatlarni Ukraina hududida joylashtirish imkoniyati muhokama qilindi.

Foto: Ukrinform

«Men Boris bilan bu mavzuda gaplashdim, biroq buni qanday qilib yaxshiroq qilish va gap necha nafar shaxs haqida ketayotgani bo‘yicha detallarni hali muvofiqlashtirib olishimiz darkor», - deya xabar berdi Ukraina TIV rahbari.

U Jonson bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha shu haqda aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Yevropa davlatlaridan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar sonini eshitgach g‘azabga mingani ma'lum qilingandi.