Sport | 20:21 / 28.04.2018
4374
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» «Real»ga qarshi o‘yin uchun yetakchilarini asradi

Foto: Twitter/FCBayern

Bundesliga 32-turida «Bavariya» chempion sifatida «Ayntraxt»ni qabul qilmoqda.

Bosh murabbiy Yupp Haynkes Chempionlar Ligasi yarimfinalidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi o‘yindan oldin, yetakchilariga dam berishga qaror qildi va tarkibda yoshlarni maydonga tushirdi.

Xususan, asosiy tarkibga 20 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar futbolchi kiritildi - himoyachi Lukas May (18 yosh), yarimhimoyachilar Meritan Shabani (19) va Niklas Dorsh (20), shuningdek, hujumchi Frank Evina (17).

Natijada, «Bavariya» tarkibining o‘rtacha yoshi – 24 yil va 36 kunni tashkil qildi. Bu so‘nggi 23 yilda klub uchun rekorddir, deb xabar bermoqda Opta Sports.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid