23:27 / 28.04.2018
7890

Bokudagi Trump Tower binosida yana yong‘in chiqdi

Foto: Sputnik / Yelena Starostina

Bokudagi Trump Tower binosida kun ichida ikkinchi yong‘in chiqdi. Bu haqda Ozarboyjon favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qilgan. 

33 qavatli binodagi birinchi yong‘in 28 aprel kunduzi o‘chirilgan. Yong‘in bilan favqulodda xizmatlarning mingdan ko‘proq xodimi kurashgan.  

ZQAN Tower nomi bilan ham ma'lum bo‘lgan Trump Tower Baku qarorgohi 2008 yilda qurila boshlangan. 2012 yilda binoning qurilishini Donald Tramp moliyalashtirgan.  

2016 yilda Trampning kompaniyasi bir nechta davlatlarda loyihalar bo‘yicha kelishuvlarni to‘xtatgani sababli binoning qurilishi uning kechki bosqichida to‘xtatilgan va inshoot hanuzgacha foydalanishga kiritilmagan.

Mavzuga oid
Top