Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bayonot berdi: Eron va KXDR ballistik raketa bo‘yicha hamkorlik qilyapti
Foto: Reuters
Isroil KXDR va Eron hukumatlari ballistik raketa dasturi bo‘yicha hamkorlik qilayotganiga oid yetarli ma'lumotlarga ega. Bu haqda Isroil razvedka vaziri Israel Kats ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Ha, mening fikrimcha, hamkorlik olib borilmoqda, hamda u ballistik raketalar ishlab chiqilishiga oid. Bizda dalillar ham bor. Biz ko‘p dalillarga egamiz», - deya aytib o‘tdi Kats.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, KXDR va Koreya Respublikasi yetakchilari sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma deklaratsiya AQSh prezidenti Donald Trampga Eron bilan yadroviy kelishuvni qayta ko‘rib chiqishga erishishda yordam beradi.
«Hozir Trampda Eronga qarshi ko‘proq imkoniyatlar bor. Balki, u Yevropa ittifoqini koalitsiyada kuchsiz halqaga aylanmaslikka ishontira olishi mumkin», - deya ma'lum qildi Kats.
Shuningdek, u KXDRning yadro dasturidan voz kechishi Yaqin Sharq mintaqasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishiga ishonishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Koreya yarim oroli bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
18:15 / 13.02.2026
AQSh Eron bilan keskinlik fonida Yaqin Sharqqa ikkinchi aviatashuvchini yubormoqda
15:42 / 13.02.2026
Isroilga qurol: Germaniya konstitutsiyaviy sudi shikoyatni qabul qilmadi
11:06 / 12.02.2026
AQSh–Eron o‘rtasidagi keskinlik sabab neft narxlari oshyapti
16:17 / 11.02.2026