Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«AQSh eplay olmaydi». Eron Koreya yarim oroli bo‘yicha bayonot berdi
Eron TIV rasmiy vakili Bahrom Qosimiyning ma'lum qilishicha, Tehron Koreya yarim orolida keskinlik pasayganini ma'qullaydi, biroq KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi muloqot bundan buyon AQSh ishtirokisiz davom etishi kerak, deb hisoblaydi.
«Eron Islom respublikasining tajribasi, ayniqsa uning Qo‘shma keng ko‘lamli harakatlar rejasi bo‘yicha yaqindagi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, AQSh ma'muriyati – xalqaro majburiyatlarni bajarmayotgan ishonchsiz o‘yinchi. Qo‘shma Shtatlar mamlakatlar o‘rtasidagi vazifalar hamda kelishuvlarni belgilab olishda qandaydir o‘rin tutishga yaramaydi», - deya Qosimiyning so‘zlarini keltirgan Eron tashqi siyosat idorasi sayti.
Bundan tashqari, Eron TIV rasmiy vakili KXDR va Janubiy Koreya yetakchilari Kim Chen In hamda Mun Chje In o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni mas'uliyatli va kerakli qadam, deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh razvedkasi KXDR yadro poligoni yopilganiga shubha qilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026