23:34 / 28.04.2018
9140

La Liga. «Real» qiyinchilik bilan «Leganes»ni yengdi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionati 35-turida «Real» o‘z maydonida «Leganes» bilan bellashdi.

Madridliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Mezbonlar tarkibida gollarga Beyl va Mayoral, mehmonlarda Brashanats mualliflik qilishdi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 71 ochko bilan 3-o‘rinda, «Leganes» esa 40 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.  

La Liga, 35-tur
Real Madrid – Leganes 2:1 (2:0, 0:1)

28 aprel, «Santyago Bernabeu» 
Gollar: 1:0 – 8 Beyl, 2:0 – 45 Mayoral, 2:1 – 66 Brashanats. 
Real Madrid – Kasilya, Valexo, Teo, Xakimi, Sebalos, Lorente, Kovachich (Kroos, 62), Kazemiro, Beyl, Mayoral, Benzema (Asensio, 62).
Leganes – Kuelyar, Bustinsa, Riko, Saldua, Siovas, Brashanats (Naranxo, 90), Peres, Pires, El-Jar, Amrabat (Eraso, 90), Gerrero (Bovyu, 62).
Ogohlantirish: Saldua (73).

Real Sosedad (San-Sebastyan) - Atletik (Bilbao) - 3:1

Gollar: 1:0 – San-Xose – 15 (avtogol), 2:0 – Oyarsabal – 36, 3:0 – San-Xose – 54 (avtogol), 3:1 – Garsiya – 59 (pen)
Chetlatish: Pardo, 85 – yo‘q

Top