Jahon | 20:01 / 30.04.2018
6356
1 daqiqa o‘qiladi
Braziliyalik syorfchi 25 metrlik to‘lqinni “jilovlay oldi”
Braziliyalik syorfchi Rodrigo Koksa 25 metrlik to‘lqinni zabt etib, jahon rekordchisiga aylandi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar bermoqda.
2017 yil noyabrda Portugaliyada Koksa 24,38 metr balandlikdagi to‘lqin ustida syorf uchgan. 2018 yil aprel oxirida Jahon syorfing ligasi (WSL) hakami ushbu rekordni rasman qayd qildi. Braziliyalik “Eng katta to‘lqin” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan hamda jahon rekordchisiga aylangan.
“Orzu ro‘yobga chiqdi”, deb aytgan Koksaning o‘zi mukofotlanishi marosimida.
Bu boradagi avvalgi rekord 2011 yilda 23 metr balandlikdagi to‘lqinni zabt etgan amerikalik Garrett Maknamaraga tegishli bo‘lgan.
Mavzuga oid
13:03 / 05.10.2024
Eng xavfli plyajlardan biri: Islandiyadagi qora qumli sohilda sayyohlarni nima kutadi?
10:24 / 18.09.2018
Jiddiy falokatning kutilmagan belgilari topildi
23:35 / 11.05.2018
Janubiy yarimshardagi eng katta to‘lqin qayd qilindi
18:02 / 17.07.2017