Islandiya hayratlanarli muzliklar va vulqonlar makoni, biroq butun dunyodagi kabi u yerda ham öziga xos xavf-xatarlar mavjud. Gap faqat vulqonlar faolligi haqida emas. Masalan, qora qumli sohil sifatida tanilgan Reynisfyara plyaji köplab insonlar hayotiga zomin bölgan, deb xabar berdi IFLScience.
Sirli qora sohil Islandiyaning janubiy qirğoğida joylaşgan bölib, sayyohlarni öziga tortadigan diqqatga sazovor joy hisoblanadi. U hatto maşhur “Taxtlar öyini” serialida ham namoyiş etilgan.
Mamlakatdagi aksariyat plyajlar singari Reynisfyara ham qor qum bilan qoplangan, bu rang vulqonlar otilişi natijasida hosil bölgan. Tadqiqotçilarning ta’kidlaşiça, plyajdagi qum aslida mayda bazalt bölaklaridan iborat, ular vulqon kulidan taşkil topgan tepaliklargaça çözilib ketgan.

Reynisfyara plyaji bu qadar tanilganiga yana bir sabab şundaki, bu yerda “uyqudagi tölqinlar” deb ham ataladigan krosser tölqinlari kuzatiladi. Gap şundaki, bu tölqinlar çindan ham “kutilmaganda yopirilişi” mumkin — ular maydaroq tölqinlar orasiga yaşirinib keladi va tösatdan zarba beradi. Ular tez kötarilib, plyaj böylab kutilganidan ança uzoqqa boradi.
Agar bu paytda biror kişi qirğoqqa juda yaqin bölsa, çinakam muammo yuzaga keladi. Tölqin kuçidan yiqilgan odam örnidan turib, yana muvozanatga keliş qiyin. Olimlarning ta’kidlaşiça, tölqin hosil qilgan söriliş odamni tortadi va uning oyoqlari ostidagi qum-şağallarni yuvib ketadi. Odam suvga tuşişi bilan oqim uni qirğoqdan uzoqlaştirib ketadi. Bu holatda, afsuski, uni qutqariş uçun heç narsa qilib bölmaydi. Aynan şu sababli, mazkur plyaj dunyodagi eng xavfli plyajlardan biri degan nomni olgan.
Statistik ma’lumotlarga köra, 2014 yildan 2022 yilgaça plyajda 12 ta jiddiy hodisa yuz bergan va ularning beştasida odamlar halok bölgan. Insonlar ölimining oldini oliş maqsadida mahalliy hokimiyat organlari taşrif buyuruvçilar uçun bir neçta ogohlantiruvçi belgilarni örnatdi, şuningdek, plyajdagi hududlarni ajratiş tizimi joriy qilindi.
Muayyan hududga kiriş mumkin yoki yöqligi svetoforga öxşaş çiroqlar seriyasi bilan aniqlanadi. Bu çiroqlar xavf darajasini körsatadi:
- yaşil — kiriş mumkin;












