JARning Ist-London şahri yaqinida katta oq akula syorfing bilan şuğullanayotgan maktab öquvçisiga hujum qildi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda.

13 yoşli Zoye Steyn qirğoqdan 75 metr masofaga qadar suzib ketgan va syorfing taxtaçasida, oyoqlarini suvga tuşirgan holda ötirgan. «Men özimga qarayotgan katta qora közni kördim, söng kuçli şovqin eşitildi», - deya eslaydi u akulaning hujumini. Uç metrli baliq syorfing uçun taxtaçani tişlari bilan uşlab olgan va qizni suvga uloqtirib yuborgan.

Zoye boşqa syorferlarning baqirayotganini eşitib qoldi va taxtaçaning bir qismiga çiqib olişga ulgurdi, biroq qörquv sabab bundan keyin nima qiliş lozimligini tuşunmagan. Maktab öquvçisini bir oyoği yöq fotosuratçi Jan-Pol Vodri qutqardi. U öz taxtaçasida uning yoniga suzib keldi va akula haqida öylamaslikni, qirğoqqa qarab suzişni söragan.

Vodrining fikriça, agarda qizça taxtaçada qimirlamay ötirmaganida, voqea boşqaça yakun topişi aniq edi.