08:14 / 30.04.2018
6218

Britaniya ichki ishlar vaziri muhojirlar sababli iste'foga ketdi 

Foto: AFP/ Adrian Dennis

Britaniya ichki ishlar vaziri Amber Radd iste'foga ketdi, bosh vazir uning istefosini qabul qilgan, deb xabar bermoqda Sky News telekanali. 

Ma'lum qilinishicha, Radd bunday qarorni Britaniyada “Windrush avlodi” atrofida ko‘tarilgan mojaro sababli qabul qilgan. 

“Windrush avlodi” 1948 yil 22 iyunda Britaniyaga Afrika va Karib orollaridan olib kelingan 492 muhojir bo‘lib, ularni olib kelgan kema nomi bilan shunday atalganlar. Bu muhojirlar mamlakatga Ikkinchi jahon urushidan keyin ishchi kuchi yetishmasligini qoplash uchun taklif qilinganlar.

Yaqinda 1940-yillar oxiridan 1970-yillargacha kelgan muhojirlarning ko‘plab yaqinlari Britaniya hukumati tomonidan noqonuniy muhojir deb qaralgani aniqlangan. Ba'zilar ortlariga jo‘nab ketishga majbur bo‘lganlar, boshqalarga esa deportatsiya qilinishlari mumkinligi haqida ogohlantirishlar qilingan, ular ishlarini va tibbiy xizmatga huquqlarini yo‘qotganlar.

O‘tgan hafta Britaniya OAV ichki ishlar vazirligi har yili ma'lum miqdorda muhojirlarni deportatsiya qilishi belgilangan hujjatlardan xabardor bo‘lgan. Radd 25 aprelda bunday ko‘rsatmalar yo‘qligini aytgan, biroq 2 kun o‘tib bu haqda bilmagani uchun uzr keltirgan. 

 

Top