Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi aeroporti milliy aviakompaniya tarkibidan chiqarilishi kutilmoqda
Qarshi aeroporti milliy aviakompaniya tarkibidan chiqarilib, chet el aeroportlari operatoriga berilishi rejalashtirilmoqda. 30 aprel kuni Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va PR-markazi tashabbusi bilan Turkiya ommaviy axborot vositalari vakillari hamda sarmoyachilar uchun O‘zbekistonning turistik salohiyati taqdimotida shu haqida ma'lum qilindi. Tadbirda qatnashgan KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shohrux Shoraxmetov kirish so‘zi bilan ochib, bugunga qadar turizmni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berdi hamda Qarshi aeroporti bilan bog‘liq yangi loyihaga to‘xtalib o‘tdi.
"Xabaringiz bor, bizning aeroportlar milliy aviakompaniyamizga qarashli. Ayni damda biz yangi loyihani amalga oshirmoqdamiz va Qarshi aeroportini milliy aviakompaniyadan chiqarib, chet el aeroportlari operatoriga bermoqchimiz. Shuning uchun agar turkiyalik sarmoyachilar va aeroportlarni boshqaruvchi kompaniyalarda bunga qiziqish bo‘lsa, biz ular bilan ishlashga tayyormiz", - dedi Sh.Shoraxmetov.

Shuningdek qo‘mita raisi o‘rinbosari MAK parvozlarni amalga oshiradigan shaharlar sonini 40 tadan 70-80 tagacha yetkazish rejasi borligini ma'lum qildi. Shu o‘rinda u hozirda turkiyalik aviakompaniyalar ushbu aeroportga katta qiziqish bildirayotganini ta'kidladi.
"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK 2017 yilda 2 mln 600 ming yo‘lovchini tashigan, biz esa bu raqamlarni bir necha baravarga ko‘paytirmoqchimiz, shuning uchun chet el aviakompaniyalariga shart-sharoitlar yaratmoqdamiz", - qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
18:00 / 19.01.2026
To‘rt faslda ham sayyohlar uzilmaydigan qishloq: Ertoshsoyda bir kun
17:50 / 19.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijliklar soni keskin oshdi. Eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan?
21:29 / 15.01.2026