Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda avtomobilning jarlikka qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi
Foto: Twitter/@ANI
Hindiston shimolidagi Ximachal-Pradesh shtatida avtomobilning jarlikka qulashi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq inson jarohat oldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, avariya 1 mayga o‘tar tunda Una tumani yaqinida yuz bergan. Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar ziyorat yakunlanganidan so‘ng Panjob shtatiga qaytayotgan bo‘lgan. Dastlabki versiyaga ko‘ra, transport vositasi haydovchisi yuk mashinasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvdan qochishga harakat qilganida boshqaruvni yo‘qotgan.
Ayni damda yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joyda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Politsiya avariya sabablarini oydinlashtirish bilan band.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 04.04.2026
Hindiston O‘zbekistonda bodomzorlar tashkil etadi
15:19 / 02.04.2026