Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MB tomonidan majburiy rezervlar normativlariga o‘zgartirish kiritildi
Foto: Kun.uz
Pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tijorat banklarining Markaziy bankda depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari bo‘yicha takomillashtirilgan tartibni va yangi normativlarni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
2018 yilning 1 iyunidan boshlab, tijorat banklarining Markaziy bankka majburiy rezervlarni o‘tkazish tartibi va normativlariga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi:
- tijorat banklari tomonidan majburiy rezervlarning shakllantirilishi, jalb qilingan majburiyat va depozitlar valyutasidan kelib chiqib, mos ravishda milliy va xorijiy valyutada amalga oshirilishi belgilandi;
- majburiy rezervga tortiladigan bazaga jismoniy shaxslar depozitlari ham kiritildi;
- majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan 0,1 o‘rtachalash koeffitsiyenti o‘rnatildi.
Ayni vaqtda, depozitlarning muddatlari bo‘yicha majburiy rezerv normativlari qayta ko‘rib chiqildi. Bunda muddatlari 1 yildan 2 yilgacha va 2 yildan yuqori bo‘lgan depozitlar hamda boshqa majburiyatlar uchun ularning valyuta turiga qarab tabaqalashtirilgan normativlar o‘rnatildi.

Ushbu o‘zgartirishlar tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish va kengaytirish borasidagi faoliyatini rag‘batlantirish, milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligini oshirish va bank tizimidagi dollarizatsiya darajasini pasaytirishga xizmat qiladi.
O‘rta muddatli istiqbolda, pul-kredit siyosati boshqa instrumentlarining rivojlantirilishi va ularning ta'sir kanallarining kuchayib borishi bilan yuridik shaxslar depozitlari bo‘yicha majburiy rezerv normativlarini bosqichma-bosqich pasaytirish orqali jismoniy va yuridik shaxslar depozitlari bo‘yicha majburiy rezerv normativlari bir xil darajaga keltiriladi.
Mavzuga oid
21:47 / 09.04.2026
Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar chiqarildi
14:03 / 08.04.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi
18:10 / 28.03.2026
Fuqarolarga o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilgani haqida xabar beruvchi xizmat yo‘lga qo‘yildi
16:44 / 28.03.2026