Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya xodimi Sirdaryoda katta o‘g‘irlikni fosh etdi
Kuni kecha ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda tungi xizmatni olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Sirdaryo viloyati 86528-sonli harbiy qism harbiy xizmatchisi tomonidan qo‘lida qop bo‘lgan shubhali shaxs to‘xtatilgan. Uning shaxsi aniqlashtirilganda 1990 yilda Baxt shahrida tug‘ilgan, fuqaro L. U. ekanligi ma'lum bo‘lgan. Bu haqda KUN.UZ'ga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
U so‘rov jarayonida Guliston shahar 3-mavzesida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlarini sovitish va saqlashga ixtisoslashtirilgan “Grin layn” MChJ binosiga derazani buzish yo‘li bilan kirib, u yerdagi saqlanayotgan pullarni o‘g‘irlab ketayotganligi ma'lum bo‘ldi. Jinoyatchi ushlangan zahotiyoq bu ishidan pushaymonligini bildirgan.
Qopda har xil kupyuradagi jami 37 300 200 so‘m pul mablag‘lari mavjudligi aniqlandi. Mazkur ish bo‘yicha dastlabki surishtiruv-tergov ishlari olib borilyapti.
Mavzuga oid
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
21:44 / 04.03.2026