Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon suriyalik muxolifatchilar IShIDning qancha jangarisini asirda ushlab turganini ma'lum qildi
Foto: REUTERS
Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilishicha, Suriya demokratik kuchlari IShID terrorchilik guruhining 400dan ortiq jangarisini asirlikda ushlab turibdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.
«Mening fikrimcha, hozirgi kunda asirlikda bo‘lgan xorijiy jangarilar soni 400dan oshib ketdi. Biroq, ular bizda hibsda saqlanmayapti, shuning uchun bu raqamni «toshga o‘yib yozilgan» deb hisoblamang. Mening bilishimcha, Suriya demokratik kuchlari tomonidan 400dan ko‘proq xorijiy jangarilar qo‘lga olindi», - deya aytib o‘tdi Mettis.
Avvalroq, Xama va Halab viloyatlaridagi Suriya armiyasining bir nechta harbiy bazalari raketa hujumiga uchragani ma'lum bo‘lgandi. Suriyalik harbiylarning aniqlik kiritishicha, bazalarga «dushmanlar» raketalari bilan hujum qilingan. Ular batafsil ma'lumotni keltirishmadi.
Pentagon esa 30 aprelga o‘tar tunda Suriyaga qarata berilgan zarbalarga Amerika armiyasining aloqasi yo‘qligini bildirdi.
Mavzuga oid
17:22 / 03.04.2026
Pit Hegset uch nafar yuqori martabali generalni iste’foga chiqardi
09:45 / 31.03.2026
Germaniya kansleri suriyalik qochqinlarni uyiga qaytishga chaqirdi
14:08 / 29.03.2026
The Washington Post: Pentagon Eronda quruqlik amaliyoti o‘tkazishga tayyorlanmoqda
19:47 / 18.03.2026