Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Merkeldan Putin bilan o‘zini qanday tutish kerakligini so‘ragan – OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkeldan Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan munosabatlarni qanday yo‘lga qo‘yish kerakligi haqida maslahat so‘ragan. Bu haqda CNN telekanali ikki nafar manbaga asosan xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp Merkelga maslahat so‘rab murojaat qilgan, sababi Germaniya kanslerida Putin bilan o‘zaro siyosiy aloqalar bo‘yicha katta tajriba bor. Manbalar Merkel AQSh prezidentiga qanday maslahat berganini aniqlay olishmagan hamda Tramp aksariyat holatlarda o‘ziga aytilgan so‘zlarni jiddiy tarzda qabul qilmasligini ta'kidlab o‘tishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh milliy xavfsizlik kengashi vakili Tramp nega Putin bilan uchrashishni xohlayotgani haqida aytgandi. Uning ta'kidlashicha, «Rossiya bilan yaxshi munosabatlar bizning umumiy manfaatlarimizga xizmat qiladi».
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026