Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya kursantlari “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ni o‘zgacha nishonlashdi
“9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti ofitser va kursantlari tomonidan ayni kunlarda bayram tantanalari o‘zgacha nishonlanmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari 1922 yilda tug‘ilgan Xidoy ota Askarov, 1925 yilda tug‘ilgan Mahkam ota Kamolov, 1922 yilda tug‘ilgan Zuhriddin ota Islomov va 1925 yilda tug‘ilgan Jo‘ra ota Xalimovlar xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan samimiy suhbat qurishdi hamda faxriylarning uylarida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi.
Ushbu tashrifdan faxriylarimiz ko‘ngillari shod bo‘lib, davlatimiz va xalqimiz g‘amxo‘rligini yana bir bor his etishdi.
Bundan tashqari, 30 aprel kuni Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatida “9 may – Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, Harbiy-texnik institut ofitser va serjantlari, kursant va muddatli harbiy xizmatchilari, Temurbeklar maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tadbir pansionat hududini obodonlashtirish ishlari bilan boshlandi. Hudud yerlari ag‘darilib, ko‘kalamzorlashtirildi, 100 dan ortiq daraxtlar va yo‘laklar chetlari oqlanib, daraxt shoxlari butaldi.
Mavzuga oid
10:25 / 01.07.2026
Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
16:49 / 09.05.2026
Foto: O‘zbekiston prezidenti Moskvadagi G‘alaba paradida
21:18 / 30.04.2026