Prezident qarori bilan, Ibragimov Şerzod Şokiroviç Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondonining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda 1 iyul kuni Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Ibragimov Içki işlar vazirligida Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği lavozimida işlayotgan edi.

Ma’lumot uçun, Şerzod Ibragimov faoliyati davomida:

  • Navoiy viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi boşliği, Navoiy viloyati IIB boşliğining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari bölgan.
  • 2022 yil noyabrida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği örinbosari – Jamoat tartibini saqlaş xizmati boşliği lavozimiga tayinlangan.
  • 2024 yil iyulidan IIV JXD Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği sifatida iş boşlagan edi.

Eslatib ötamiz, joriy yil yanvarida Milliy gvardiya qömondoni lavozimiga Bahodir Toşmatov tayinlangan edi.