Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
San-Pauludagi yong‘inda 45 kishi bedarak yo‘qoldi
Foto: AP Photo / Andre Penner
Braziliyaning San-Paulu shahridagi baland qavatli uyning yong‘in oqibatida qulashidan keyin 45 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Globo telekanali ma'lum qildi.
Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani, 3 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingandi.
“Qulab tushgan uyda yashovchi odamlar ro‘yxatidan kelib chiqib, o‘t o‘chiruvchilar 45 kishi bedarak yo‘qolgani haqidagi ma'lumotga tayanib ishlamoqdalar”, deb ma'lum qilgan telekanal. Bu odamlarning qayerdaligini hozircha aniqlashning iloji bo‘lmagan va bu ularning barchasi vayronalar ostida qolib ketganini ham anglatmaydi.
Bino 1 mayga o‘tar kechasi yonib ketib, keyinroq qulab tushgan. Yong‘in qo‘shni binoga ham o‘tgan, biroq o‘t o‘chiruvchilar uni nazoratga olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga taom tayyorlashda spirtdan foydalangan juftlikning janjali sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ayol eri olovga spirt quyayotganda uni itarib yuborgan va buning oqibatida ikkisining ham kiyimi yonib ketgan. Yong‘in sababchilari egnidagi yonayotgan kiyimlarni yechib tashlab, binodan tashqariga chiqib, omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:08 / 12.02.2026
Sergelida chiqindi tashuvchi mashina yonib ketdi
09:23 / 12.02.2026
Toshkentda savdo majmuasi tomida tutun: evakuatsiya amalga oshirildi
08:34 / 08.02.2026
Angrenda ko‘p qavatli binoda yong‘in chiqdi
09:52 / 05.02.2026