Sport | 23:19 / 03.05.2018
13242
1 daqiqa o‘qiladi

«Al-Fujayra» ochko‘z Maradona bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Foto: AFP

Diyego Maradona BAAning «Al-Fujayra» klubini tark etadigan bo‘ldi, deb yozadi The National.

Argentinalik mutaxassis klubni BAA yuqori divizioniga olib chiqolmagani uchun, 28 aprel kuni iste'foga chiqqan edi. Biroq, 30 aprel kuni tomonlar o‘zaro hamkorlik bo‘yicha yana kelishib olgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Ammo, Maradona agenti «Al-Fujayra»dan maoshini 4 barobar oshirishni talab qilgach, rahbariyat 57 yoshli murabbiy bilan xayrlashishga qaror qildi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid