18:55 / 03.05.2018
17004

Zidan vs Klopp: murabbiylar finallarda qanday natija ko‘rsatgan

Foto: Daily Mail

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppning kubok musobaqalari finallaridagi natijalari maqtangudek emas.

Nemis mutaxassisi o‘z faoliyatida 6 marta hal qiluvchi bahslarda ishtirok etib, atigi bir marta g‘alaba qozongan.

1. 2012, Germaniya kubogi, Borussiya D – Bavariya 5:2
2. 2013, Chempionlar Ligasi, Borussiya D – Bavariya 1:2
3. 2014, Germaniya kubogi, Borussiya D – Bavariya 0:2
4. 2015, Germaniya kubogi, Borussiya D – Volfsburg 1:3
5. 2016, Angliya Ligasi kubogi, Liverpul – Manchester Siti 1:1 (pen. – 1:3)
6. 2016, Yevropa Ligasi, Liverpul – Sevilya 1:3.

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa aksincha, uch yillik faoliyatida 7 marta finalda o‘ynagan bo‘lsa, barchasida g‘alaba qozongan. 

Mutaxassis hisobida Chempionlar Ligasidagi 2ta (2016, 2017), UYeFA Superkubogidagi 2ta (2016, 2017), Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi 2ta (2016, 2017) va Ispaniya Superkubogidagi (2017) g‘alabalar bor.

Eslatib o‘tamiz, har ikkala mutaxassis 26 may kuni Chempionlar Ligasi finalida to‘qnash kelishadi.

Mavzuga oid
Top