Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi – IIV
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 15 aprel kuni “Gano shifo” MChJ ishchilari M.X. va R.G.lar IIBga ariza bilan murojaat qilib, Neftchilar mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan Q.M. shu MChJga kelib, o‘zini “Kempo” sport klubi direktori deb tanishtirib, “Kempo” sport klubi hisob raqamidan “Gano shifo” MChJ hisob raqamiga pul o‘tkazib dorilarni olishini va mazkur dorilarni tumandagi nogironlarga tarqatib homiylik qilishini, pul o‘tkazish uchun unga naqd pul kerak bo‘lishini aytib, shu yilning yanvar oyida M.X.dan 10 mln. so‘m va shu oy oxirlarida R.G.dan 4 mln. so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olib ketganligini ma'lum qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:40
“Diplom emas, tajriba muhim”: 8 tilni biladigan 25 yoshli Hojimurod hikoyasi
15:33 / 11.07.2026
G‘ijduvon hokimidan MSK raisigacha – kiberfiribgarlar kimlarni qanday chuv tushirgan?
10:20 / 11.07.2026
Qashqadaryoda firibgarlikda gumonlangan mutaxassis ushlandi
09:35 / 08.07.2026