Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda kuzatilayotgan qum bo‘roni qurbonlari soni ortmoqda
Foto: PTI
Hindiston shimoliy tumanlarida kuzatilayotgan kuchli qum bo‘roni va yomg‘irlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 127 kishiga yetdi, yuzlab insonlar jarohat oldi. Bu haqda Times of India xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlarning aksariyati – 73 kishi – Uttar-Pradesh shtatida istiqomat qiladi. Mashhur Toj Mahal joylashgan Agra okrugining o‘zida tabiiy ofat tufayli 46 kishi halok bo‘ldi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘shni Rajastonda 39 kishi hayot bilan vidolashdi, yetti kishi - Telinganda, to‘rt - Uttarakxondda, yana ikki nafardan – Jarkxond va Panjobda.
"Beton imoratlar xuddi karta uychalariga o‘xshash tarzda bir birining ustiga qurib tashlangan. Daraxtlar, yoritish ustunlari – bir necha metrdan yuqori bo‘lgan barcha narsa shamol bilan qo‘porib tashlandi. Biz uylar vayronalari ostidan jabrlanganlarni chiqarib oldik hamda ularni mototsikllarda yaqin orada joylashgan shifoxonalarga olib bordik", - deya aytib o‘tdi mahalliy politsiya vakili Narendra Sharma.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda qum bo‘roni tufayli qariyb 110 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:16 / 25.12.2025
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
14:34 / 23.12.2025
Titov: 2026 yilda Rossiyaga ishlash uchun 40 ming hindistonlik keladi
18:14 / 21.12.2025
Peterburg ko‘chalarida hindistonlik migrantlar ishlay boshladi
07:30 / 17.12.2025