Hindiston şimolida kuçli yomğir va momaqaldiroq bilan birga kuzatilayotgan qum böroni oqibatida halok bölganlar soni deyarli 110 kişiga yetdi. Bu haqda The Indian Express xabar berdi.

Naşr ma'lumotlariga köra, qurbonlar soni 109 kişini taşkil etgan. Uttar-Pradeş ştati tabiiy ofatdan eng köp jabr kördi, u yerda 64 kişi halok böldi. Rajastxonda esa qurbonlar soni 30 kişidan oşdi. Jabrlanganlarning umumiy soni 130 kişiga teng. Böron Xariyana ştati va Dehli Milliy poytaxt okrugini ham qamrab oldi.

Hindiston şimoliga qum böroni çorşanba kuni keçqurun yopirildi. Mamlakat boş vaziri Narendra Modi jabrlanganlar va halok bölganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.