Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 119 politsiyachi turli jinoyatlarni sodir etish gumoni bilan hibsga olindi
Meksikaning Puebla shtati bosh prokuraturasi San-Martin-Teksmelukan shahri politsiyasining birdaniga 119 nafar xodimini hibsga oldi. Ular turli jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinmoqdalar.
Universal portalining ma'lum qilishicha, qo‘lga olinganlar orasida shahar politsiyasi boshlig‘i va jamoat xavfsizligi komissari ham bor. Yana 4 politsiyachi boshqa politsiyachilardan ular aksilkorrupsiya tekshiruvidan o‘tmasliklari uchun pora olishda ayblanmoqda.
Qolgan politsiyachilar lavozimlarni noqonuniy yo‘l bilan olish va boshqa jinoyatlarda gumon qilinmoqdalar.
Avvalroq shahar politsiyasining 185 xodimi Puebla jamoat xavfsizligi kuchlari tomonidan jinoiy faoliyatga aloqadorlik gumoni bilan qurolsizlantirilgan edi.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026