Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: AQSh IShID tahdidi haqida gapirmayapti va «Al-Qoida»ni esdan chiqarib qo‘ydi
Rossiya TIVning Yangi chaqiriqlar va tahdidlar masalasi bo‘yicha departamenti direktori o‘rinbosari Dmitriy Feoktistovning ma'lum qilishicha, Amerika tomoni Eron rahbariyati va «Hizbulloh» harakatini IShID hamda «Al-Qoida» terrorchilik guruhlaridan ham kattaroq tahdid sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Amerikaliklar so‘nggi vaqtlarda IShID bu – asosiy tahdid, ekanini aytmoqda. Ya'ni, ular IShID tahdid ekanini rad etishmayapti, biroq bu masalani ikkinchi planga surib qo‘yishmoqda. «Al-Qoida» haqida umuman eslashmayapti, garchi, bizning taxminlarga ko‘ra, «Al-Qoida» hozir IShIDdan ham ko‘p moliyalashtirilmoqda. Amerikaliklar esa na IShID, na «Al-Qoida» haqida gapirishayapti. Ularni faqat «Hizbulloh» va Eron qiziqtirmoqda», - dedi Feoktistov.
Xususan, uning e'tibor qaratishicha, AQSh moliya vaziri va Davlat departamentining aksilterrorchilik bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi so‘nggi chiqishlarida IShID jangarilari haqida hech narsa deyishmadi, ammo «Hizbulloh»ni eng xavfli terrorchilik tashkilotlaridan biri, Eronni esa – uning homiysi, deb atashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon suriyalik muxolifatchilar IShIDning qancha jangarisini asirda ushlab turganini ma'lum qilgandi.