Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent harbiy okrugining sayti, telegram kanali va ijtimoiy tarmoqda sahifasi ishga tushirildi
Foto: Toshkent harbiy okrugi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi Qo‘mondonligi tomonidan Toshkent harbiy okrugining www.tho-askar.uz internet sayti, telegramda Tho-askar.uz kanali va Facebook'da @thoaskaruz sahifalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Saytni ochishdan asosiy maqsad xalqning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalashdir. Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlarida olib borilayotgan jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini ijtimoiy himoyasi, madaniy hordiq tadbirlarini yoritib boriladi. Xalq va armiyaning yakdilligini ta'minlash jarayonlarida mahalliy davlat organlari va Qurolli kuchlarning amaliy hamkorligi keng jamoatchilikka namoyish etiladi.
Shuningdek Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari fuqarolarining harbiy masalalarda (harbiy xizmatga chaqirish va h.k.) safarbarlik chaqiruv rezervini mazkur hududlarda harbiy boshqaruv organi rahbarlari faoliyati yuzasidan taklif, ariza va shikoyatlari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
18:30 / 11.04.2026
Toshkent taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
17:19 / 11.04.2026
Toshkentda havo sifatini yaxshilash: issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi
12:44 / 09.04.2026
Toshkentda avtobusga chiqib yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming kishi jarimaga tortildi
09:01 / 09.04.2026