23:38 / 05.05.2018
12107

Amerikalik ayolning 60 kilogrammlik o‘simtasi olib tashlandi

Foto: RIA Novosti

Amerikalik shifokorlar bir ayolning tuxumdonida paydo bo‘lgan 60 kilogrammlik o‘simtani olib tashlashdi. 

Ayol keskin vazn to‘play boshlagandan keyin Konnektikut shtatidagi Denberi gospitalidagi ginekologga murojaat qilgan. Ayol bir necha oy davomida haftasiga taxminan 4,5 kgdan vazn to‘plab borgan. Ayol MRTga tushganda unda o‘simta borligi aniqlangan. Mutaxassislar o‘simtani yaxshi sifatli deb topishgan, biroq u shunchalik tez o‘sganki, ayolga to‘laqonli harakatlanish va ovqatlanishga imkon bermagan.

Ayol o‘simtaning kattaligi sababli nogironlar aravachasidan foydalanishiga to‘g‘ri kelgan.

Natijada 25 shifokordan iborat jamoa 2 hafta davomida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish rejasini tuzib chiqishgan. Jarrohlar bosh muammo – o‘simta “oziqalangan” qon tomiriga shikast yetkazmaslikni hal qilishga muvaffaq bo‘lishgan. O‘simtani olib tashlash amaliyoti 5 soat davom etgan. Ta'kidlanishicha, ayol hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Mavzuga oid
Top