Sport | 18:06 / 05.05.2018
13073
3 daqiqa o‘qiladi

Baquvvat yengil atletikachi qizlar endi yo dori ichishadi yo erkaklar bilan bahslashishadi

Foto: Reuters

26 aprel kuni Yengil atletika federatsiyalari xalqaro asssotsiatsiyasi (IAAF)  musobaqalarga jinsi shakllanishi alohida belgilariga ega ayollarni qo‘yishning yangi qoidalarini e'lon qildi va unga ko‘ra qonida testosteron miqdori litrga  5 nanomoldan yuqori bo‘lgan qizlar 2018 yilning 1 noyabridan boshlab yo testorsteron darajasini pasaytirishlari (musobaqagacha yarim yil  qolganda) yo erkaklar musobaqasiga ariza topshirishlari kerak bo‘ladi.

Yangilik 400 metrdan boshlab bir milyagacha masofada yugurish (jumladan, to‘siqlar osha) bo‘yicha xalqaro musobaqalarga taalluqli, deb yozadi Meduza.

IAAF’dagilar testosteronning yuqori darajasi  ko‘rsatib o‘tilgan musobaqa turlarida sportchi qizlarga  «katta ustunlik» beradi va yangi qoidalar  «halol va  to‘laqonli musobaqa uchun» xizmat qiladi.

Ayol kishining qonida testosteronning me'yordagi darajasi litriga 0,12 dan 1,79 nanomol bo‘ladi (erkaklarda bu ko‘rsatkich litriga 7,7 nanomol) va «hech bir ayolda gormonning tabiiy darajasi litriga 5 nanomoldan oshmaydi, agar unda jinsiy rivojlanishning alohida ko‘rinishi yoki o‘simtalar bo‘lmasa».

Janubiy Afrika Respublikasida yangi qoidalarni diskriminatsiya ko‘rinishiga ega deb hisoblab, mamlakat atletikachisi Kaster Semenyaga hujum o‘laroq baholashdi. JAR  yengil atletika federatsiyasi sport arbitraj sudi — CAS’ga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishini bildirdi, mamlakatning hukmron Afrika milliy kongressi partiyasi esa IAAF qarorini aparteidga mengzadi. Qoidalarni boshqa mamlakatlar ham tanqid qilib chiqishdi, jumladan Kanada yengil atletika federatsiyasi ham shunga o‘xshash bayonot bilan chiqdi.

Kaster Semenya esa IAAF qoidalari amal qilmaydigan uzoqroq masofalarga yugurish bilan shug‘ullanishini aytgan. Yangi qoidalar e'lon qilingach, u o‘z Tvitterida «Xuddi  shunday qilib yaratgani, u o‘zini shundayligicha qabul qilishi va o‘zi bilan faxrlanishi»ni yozgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid