Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda masjid portlatilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston sharqida joylashgan Xo‘st viloyatidagi masjidlardan biridagi portlash oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi. Bu haqda viloyat politsiyasi boshlig‘iga iqtibos keltirgan holda Tolo News telekanali ma'lum qildi.
Portlash 6 may kuni sodir etilgan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, masjiddan saylovchilarni ro‘yxatga olish markazi sifatida ham foydalanilgan.
Ayni vaqtda politsiya voqea tafsilotlarini tergov qilmoqda.
Afg‘onistonda oktabr oyiga parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar o‘tkazish belgilangan. Shu munosabat bilan 14 aprelda mamlakatda saylovchilarni ro‘yxatga olish jarayoni boshlangan. Ro‘yxatga olish boshlangandan keyin Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” harakatiga siyosiy harakat sifatida tinchlik jarayoniga qaytib, saylovlarda ishtirok etishni taklif qilgan. Biroq toliblar bu taklifni rad etishgan.
Mavzuga oid
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026