Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston ichki ishlar vaziriga suiqasd sodir etilgani ma'lum qilindi
Pokistonning Naroval shahrida (Panjob viloyati) mamlakat ichki ishlar vaziri Ehson Iqbolga suiqasd uyushtirildi. Oqibatda vazir o‘qotar quroldan jarohat olgan, deb xabar bermoqda Geo TV telekanali.
Ma'lum qilinishicha, voqea namoyish vaqtida yuz bergan. Iqbol o‘z avtomobilida bo‘lganda 20-22 yoshlardagi yigit unga to‘pponchadan o‘q uzgan.
O‘q vazirning o‘ng yelkasiga tekkan va u shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, hozirda Iqbolning holati barqaror va uning hayoti xavf ostida emas.
Bosqinchi hibsga olingan. Jinoyatni sodir etishga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026