Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rus fermerning o‘limida aybdor deb topilgan o‘zbekistonliklar 11 yilga qamaldi
Illyustrativ foto/ TASS
Sud ish beruvchisining qotili deb topgan o‘zbekistonlik aka-uka mehnat muhojirlariga 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Ma'lum qilinishicha, 2017 yil sentabr oyi Volgograd oblastida yuz bergan mudhish voqea jabrlanuvchisi, marhum fermerning o‘limida o‘sha fermada ishlagan o‘zbekistonlik ikki nafar muhojir ayblangandi.
Aniqlanishicha, aka-uka jinoyatchilarning biri faqat sodir etilgan o‘g‘irlikda, ikkinchisi qotillikda ham ayblanmoqda. Ular fermada 2017 yil mart oyidan buyon sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanib kelgandi.
Fermerning muntazam dashnom va tazyiqlari o‘rtadagi munosabatlarni darz ketishiga sabab bo‘lgan, shuningdek, og‘ir mehnat sharoitida ishlagan muhojirlar fermerni kaltaklab o‘ldirgach, uyda o‘zboshimcha tintuv o‘tkazadi. Jinoyatchilar 190 ming rubl va boshqa tovar moddiy boyliklarini olib, Qozog‘iston chegarasi orqali uyga qaytishni rejalashtirgandi.
Mavzuga oid
17:36 / 24.04.2026
“Olimboyevlarga uyini qaytarishga tayyormiz” – Sanjar Karimovning advokati
11:46 / 14.04.2026
Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi
10:49 / 13.04.2026
Shukurov ishida qamoqqa olingan sobiq sudyalarning 3 nafari garov evaziga ozodlikka chiqdi
20:05 / 10.04.2026