Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunisliklar 2011 yildagi Arab bahoridan buyon birinchi marta saylovlarda ovoz berishadi
Tunisliklar 2011 yildagi bahorgi inqilobdan keyin birinchi marta mahalliy saylovlarda ovoz berishmoqda. Bu mamlakatning demokratiyani mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir, deyiladi DailySabah'da.
Shimoliy Afrikaning 5,3 million nafar saylovchisi tuman va shahar kengashlari uchun 2000 dan ziyod nomzodga ega. Qarorlar qabul qilish jarayonlari markazlashtirilmasligi uchun kengashga ko‘proq vakolat berilmoqda.
Saylovlar mamlakatdagi islohotlarni yuritish uchun yangicha zamin yaratmoqda.
So‘nggi yillarda tenglikni targ‘ib qiluvchi yuridik chora-tadbirlar natijasi o‘laroq nomzodlarning 49 foizini ayollar tashkil qilmoqda. Tunis poytaxtining ilk ayol-meri lavozimiga yetakchi nomzodlardan biri farmatsevt Saad Abdurahim hisoblanadi.
O‘rta yer dengizidagi Monastir kurort-shahrida esa yahudiy tikuvchi ayol Simon Slama An-Nahda islom partiyasi bilan ishlamoqda.
Ta'kidlash joizki, naomzodlarning deyarli yarmi mustaqil nomzod hisoblanadi va ularning aksariyati siyosat olamida mutlaqo yangi odamlardir.
"Bu saylovlar - tarixiy qadam, ular mahalliy darajadagi ishtirok asosida demokratiyaga olib keladi va fuqarolar haqiqatda ularning ovozlarini eshita olishadi", - dedi Yevropa Ittifoqi kuzatuvchilar missiyasi rahbari Fabio Massimo Kastaldo.
Mavzuga oid
12:10 / 29.09.2025
Chexiya parlament saylovlari oldidan aralashuvdan xavotirda
11:59 / 29.09.2025
Moldova parlament saylovlarida hukmron partiya g‘alaba qozondi
10:04 / 29.09.2025
Moldova parlamentiga saylovlarda hukmron partiya yetakchilik qilmoqda
18:17 / 25.09.2025