Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya hech qachon Yevropa ittifoqiga kirish g‘oyasidan voz kechmagan – Erdo‘g‘an
Foto: AP Photo/Lefteris Pitarakis
Turkiya Yevropa ittifoqi tomonidan tegishli munosabat yo‘qligiga qaramasdan, hech qachon hamjamiyatga kirish g‘oyasidan voz kechmagan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tgan.
“Anqara Yevropa ittifoqi tomonidan monand munosabat yo‘qligiga qaramasdan, unga kirish g‘oyasiga sodiq bo‘lib qoladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an Turkiya “qadamma-qadam mintaqaning eng kuchli davlatiga aylanib borayotganini”, kelajakda esa “dunyo darajasidagi eng yirik o‘yinchilardan biriga aylanishi”ni qo‘shimcha qilgan. Bundan tashqari, Erdo‘g‘an 24 iyunga belgilangan muddatdan avvalgi parlament va prezident saylovlari Turkiya uchun muhim davr bo‘lishini aytgan. Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Turkiya yangi prezidentlik tizimi bilan “2023, 2053 va 2071 yillargacha davrlar uchun belgilangan msaqsadlarga muvaffaqiyatli erishadi”.
Turkiya 1999 yilda Yevropa ittifoqiga kirishga rasmiy nomzod deb tan olingandi, hamjamiyatga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayoni esa 2005 yilda boshlangan. Bu muzokaralar 2016 yil oxirida, Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin muxolifatga qarshi kurash doirasida yo‘l qo‘yilgan ko‘plab inson huquqlari buzilishlari sababli to‘xtatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
09:48 / 17.06.2025