Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Tailandda futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston futzalchilari musobaqadagi ishtirokini Turkmanistonga qarshi o‘yin bilan boshladi.
O‘yin hamyurtlarimizning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki turda Eron terma jamoasi Turkmanistonni 14:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Hozirda guruhda Eron birinchi, O‘zbekiston esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Endi 7 may kuni Avaz Maxsumov shogirdlari Eronga qarshi bahs olib borishadi.
Futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati.
O‘zbekiston – Turkmaniston 3:1
Gollar: Z.Nazarova (17), R.Safina (19), M.Burhonova (23) - X.Eshniyozova (40).
O‘zbekiston: L.Tilovova, Z.Nazarova, F.Turdiboyeva, M.Munavarova, L.Karachik
Zaxira: M.Burhonova, N.Kamoltoyeva, X.Dadaboyeva, I.Turdaliyeva, R.Safina, M.Shoyimova, M.Jonimqulova, T.Zarbiyeva, N.Kudratova.
Turkmaniston: N.Kulikova, S.Mammetsaxedova, M.Choriyeva, X.Eshniyozova, O.Xalilova.
Mavzuga oid
10:17 / 16.07.2026
O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026