Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 2024 yilgacha hukumat bajarishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning 2024 yilgacha bo‘lgan davr uchun milliy maqsadlari va strategik vazifalari haqidagi farmonni imzoladi.
Hujjatda bir necha yil uchun mamlakatni rivojlanishtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan. Jumladan, Putin hukumat oldiga mamlakatda bemorlar huquqlarini himoyalash tizimini shakllantirish, fuqarolarning qulay shahar muhitini shakllantirishdagi bevosita ishtiroki mexanizmlarini yaratish, tug‘ilish darajasini oshirish va yirik shaharlar o‘rtasida tezkor hamda o‘ta tezkor temir yo‘l aloqasini rivojlantirish vazifalarini qo‘ygan.
Putin oxirgi marta Rossiyaning strategik vazifalari ro‘yxatini 2012 yil mayida imzolagandi. “May farmonlari” deb ataluvchi o‘sha hujjat davlat xizmatchilari maoshini, YaIMga investitsiyalar ulushini, mehnat unumdorligini oshirish, 25 mlnta ish o‘rni yaratish vazifalarini o‘z ichiga olgandi. 2017 yil dekabrda Putin o‘shanda qo‘yilgan maqsadlarning 90 foizidan ko‘prog‘iga erishilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026