Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunisda o‘tgan mahalliy saylovlarning dastlabki natijalari ma'lum qilindi
Foto: RIA Novosti / Aleksandr Vilf
Tunisda 2011 yildagi “arab bahori”dan keyin o‘tkazilgan ilk mahalliy saylovlarning dastlabki natijalari saylovlarda “An-Naxda” partiyasi g‘olib bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda 6 may kechki vaqt Tunis rasmiy televideniyesi ma'lum qildi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, “An-Naxda” 27,5 foiz, uning bosh raqibi “Nidaa Tunis” 22 foiz saylovchilarning ovozini to‘plagan.
Tunisda ovozlarni hisoblash mahalliy vaqt bilan soat 18da saylov uchastkalari yopilgandan keyin boshlangan.
2011 yilda Tunis ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tgan bir qator arab davlatlaridan birinchisi bo‘lgan. Noroziliklar mamlakatni 1987 yildan boshqarib kelgan prezident Zin al-Obidin bin Alining hokimiyatdan chetlatilishiga olib kelgan. Shundan keyin Tunisda 2014 yilda prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
23:20 / 21.06.2025
Tunisning sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
10:42 / 21.06.2025
Tunis sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
20:56 / 11.06.2025
Shimoliy Afrikadan G‘azoga birdamlik karvoni yo‘lga chiqdi
12:24 / 20.02.2024