Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilk o‘zbek-turk loyiha instituti Qashqadaryoda faoliyat yuritadi
O‘zbekistonda ilk bora qurilish va arxitektura sohasiga yo‘naltirilgan o‘zbek-turk qo‘shma loyiha instituti Qashqadaryoda o‘z faoliyatini boshlaydi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi shu haqida xabar berdi.
O‘zbekiston dunyo turizm bozoriga o‘zining bebaho madaniy merosi, takrorlanmas tabiati va nodir tarixiy obidalari bilan jadal kirib bormoqda. Sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar turizm infrastrukturasini keskin o‘zgartirishni taqozo etadi. Buning uchun turizm sohasida dunyoning yetakchi davlatlari tajribalarini o‘rganib, ularndan unumli foydalangan holda mamlakatning o‘ziga xos turistik imidjini shakllantirish asosiy vazifalardan biridir.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan olti nafar turkiyalik ishbilarmon investorlar guruhi shu maqsadda Qashqadaryoga tashrif buyurdi. Viloyat hududida dunyo standartlariga javob beruvchi mehmonxona va maiishiy xizmat ko‘rsatish obektlarini qurish va jihozlash borasida Turkiya tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutgan holda qator kelishuv va g‘oyalar muhokama qilindi.
Amaliy ishlar natijasi sifatida O‘zbekistonda ilk bora qurilish va arxitektura sohasida o‘zbek-turk qo‘shma loyiha instituti Qashqadaryoda o‘z faoliyatini boshlaydi. Turkiyaning yetakchi qurilish kompaniyasi «Merchantist» va mahalliy «Pro Atlas grup» xususiy korxonasi yaqin kunlarda hamkorlikdagi loyihalarini taqdim etishadi.


Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
23:02 / 03.07.2026