Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pens Boris Jonson bilan uchrashdi. Eron, KXDR va geosiyosiy chaqiriqlar muhokama qilindi
Mayk Pens/Foto: AP
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson bilan uchrashdi. Bu haqda Oq uy bayonotida xabar qilingan.
Tomonlar Eron bilan yadro kelishuvi, KXDRni yadrosizlantirish, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning Britaniyaga rejalashtirilayotgan tashrifini muhokama qilishgan.
«Vitse-prezidentning ta'kidlashicha, Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi va Shimoliy Koreya tekshiriluvchi yadrosizlanishga qadam qo‘yishini kafolatlash muhimdir. Har ikki tomon ham prezidentning Buyuk Britaniyaga iyul oyiga rejalashtirilgan tashrifini ma'qulladi va geosiyosiy chaqiriqlarga javob qaytarish ustida birgalikda ishlashga kelishib oldi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan voz kechish xato bo‘lishi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:24 / 12.02.2026
Rossiya Trampning tahdidlariga qaramay, Kubaga neft yetkazib berishga qaror qildi
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
17:59 / 12.02.2026
Gallup AQSh prezidentining ma’qullash reytingini e’lon qilishni to‘xtatadi
15:52 / 12.02.2026