Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Mirziyoyev, Aliyev, Nazarboyev va boshqa yetakchilarni qutladi, Poroshenkoni esa tabriklamadi
RF prezidenti Vladimir Putin MDHdagi qator davlatlar, Abxaziya va Janubiy Osetiya rahbarlarini, shuningdek Ukraina va Gruziya fuqarolarini Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 73 yilligi bilan qutladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bergan.
"Rossiya prezidenti Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya, Janubiy Osetiya yetakchilari, shuningdek Gruziya va Ukraina fuqarolarini Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 73 yilligi bilan tabrikladi", - deyiladi xabarda.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Putin o‘z qutlovlarida G‘alaba kuni – Vatan va butun insoniyatni fashizmdan qutqarish maqsadida urush frontlari hamda front ortida yelkama-yelka jang qilgan xalqlar birdamligi va qahramonligining belgisidir.
Bundan tashqari, RF prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 73 yilligi bilan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni emas, balki ukrainalik fuqarolarni tabriklagan. Bu Donbassdagi urushga bo‘lgan munosabat tufayli yuz berdi, deb xabar qildi RF prezidenti matbuot kotibi v.b. Dmitriy Peskov.
"Yaxshi bilasizlarki, Rossiya birodar ukrain xalqiga juda iliq munosabatda. Shuningdek, Rossiya Ukraina janubi-sharqida qon to‘kilishiga sabab bo‘lganlarga qanday munosabatda ekanini ham bilasizlar", - degan Peskov tegishli savolga javob qaytarib.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
18:59 / 21.06.2026
O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi vafot etdi
10:05 / 18.06.2026