Özbekistondagi eng keksa Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Röziboy Sattorov 116 yoşida vafot etdi, deb ma’lum qildi Qaşqadaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov.

Röziboy Sattorov Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidan bölib, Stalingrad frontida öqçi bölib xizmat qilgan.

Ötgan yili prezident topşiriği bilan Qarşi şahriga samolyot yuborilgan va Röziboy Sattorovning istagi amalga oşib, Mudofaa vazirligining Harbiy havo kuçlariga qaraşli samolyotda parvozni amalga oşirgandi.

Ma’lumot berilişiça, Qaşqadaryo viloyatidan Ikkinçi jahon uruşida 47051 nafar, şu jumladan, 95 nafar xotin-qiz qatnaşgan. Şundan 22077 nafari yurtga soğ-omon qaytgan.