O‘tgan hafta onlayn auksion orqali 2 milliard so‘mga teng avtoraqamlar sotildi
Joriy yilning 30 apreldan 6 maygacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 559,8 mlrd so‘mlik bitimlar tuzilib, avvalgi haftaga nisbatan 6%ga pasaydi. Bu haqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 574,6 mlrd so‘mdan 539,0 mlrd so‘mga tushdi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish mollari birinchi o‘rinni 34,5% bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda paxta tolasining turli navlari joylashgan bo‘lib, birja bozorining 16,5%ni egalladi. Keyingi o‘rinda neft mahsulotlari joylashgan bo‘lib, uning ulushi 12,7%ni tashkil qiladi.
Valyuta savdo maydonchasi orqali 1,06 mln AQSh dollarlik mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini 32% ulush bilan neft, 28% ulush bilan texnik moy va 27% ulush bilan paxta tolasi band etgan. Alyuminiy ulushi 13%ni tashkil etdi.
Avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksion
30 apreldan 4 maygacha birjaning onlayn auksionlari orqali 103ta avtomobil raqamlari sotildi. Bulardan 95tasi jismoniy shaxslarga, 8tasi yuridik shaxslarga sotilgan. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2 milliard so‘mdan oshdi.
Savdolar natijasida bitimlarning deyarli 55,3% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 31% bitimlar ikkinchi toifa avtoraqamlar va 13,6% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 61%ga yetdi. Keyingi o‘rinda Samarqand va Namangan viloyatlari avto havaskorlari har biri 7,7% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Qashqadaryo viloyati avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, ularning ulushi 4,8%ni tashkil qiladi.
Boshqa hududlarning ulushi 18,8%ni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
18:27 / 09.09.2024
«Auksion o‘yinlari» orqali Bo‘stonliqdan yer olib berish uchun 1,5 million dollar talab qilgan fuqaro ushlandi
16:28 / 23.06.2020
Avtoraqamlar savdosi keskin oshdi
19:18 / 10.06.2020
Auksionda sotilgan Ishtixondagi MTP masalasi: viloyat hokimi murosa uchun g‘olibga boshqa yer taklif etmoqda
11:13 / 10.06.2020