Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Boeing va Airbus’ning Eronga samolyotlar yetkazib berish litsenziyasini qaytarib oladi
AQSh moliya vazirligi Eronga yo‘lovchi samolyotlarining yetkazilib berilishiga eksport litsenziyalari qaytarilib olinishini tasdiqladi.
Moliya vaziri Stiven Mnuchinning aytishicha, avvalroq Boeing va Airbus’ga berilgan litsenziyalar qaytarib olinadi.
IranAir aviakompaniyasi 38,3 mlrd dollarga 200 ta yo‘lovchi samolyotiga, jumladan Airbus’ga 100 ta, Boeing’ga 80 ta va ATR’ga 20 ta samolyotga buyurtma bergandi. Bu kelishuvlarning barchasi samolyotlarda AQShda ishlab chiqarilgan butlovchi qismlar qo‘llanishi sababli AQSh litsenziyasiga bog‘liq hisoblanadi. CNBC telekanali ma'lumotlarga ko‘ra, Boeing’ning Eron bilan bitimi 20 mlrd dollarga baholangan.
AQSh moliya vazirligi kompaniyalarga samolyotlar eksportini tugatish uchun 90 kunlik muhlat berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvidan chiqishini e'lon qildi.
Mavzuga oid
13:06
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18 / 27.06.2026