Jahon | 09:48 / 09.05.2018
4111
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishidan xavotir bildirdi

Foto: Rafael Marchante/Reuters

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishidan xavotir bildirdi.

“Men AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishi va sanksiyalarni kuchaytirishidan juda xavotirdaman”, deb aytgan Guterresh.

Guterreshning aytishicha, Eron bilan yadroviy kelishuv yadroviy qurolni tarqatmaslik va diplomatiya sohasida erishilgan katta yutuq bo‘lib, u ham mintaqaviy, ham xalqaro ko‘lamda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga omil bo‘lgan.

“Men kelishuvning qolgan ishtirokchilarini uning doirasidagi barcha majburiyatlariga rioya qilishga va boshqa davlatlarni bu kelishuvni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman”, deb qo‘shimcha qilgan Guterresh.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid